Birja matbuot xizmatining malum kilishicha, 19-25 iyun kunlari O`zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,53 milliard so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10 foizga ko`pdir.
Ta`kidlanishicha, sotuvlarning:
- 74,1 foizi – birja savdolari;
- 25,91 foizi – elektron davlat xaridlariga to`g`ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 489,6 milliard so`mni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida onlayn ausion orqali 2016 ta avtoraqamlar sotildi. Cotilgan davlat raqam belgilarining umumiy narxi 7 milliard so`mni tashkil qildi.
Birja savdolari
Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 928,5 milliard so`mlik tovar resurslari sotildi. Jumladan:
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. 19-25 iyun kunlari birja savdolarida 13 500 tonna shakar sotuvga qo`yildi va undan 10 500 tonnasi, ya`ni 77,85 foiz qismi sotildi. Ko`rib chiqilayotgan davrda shakarning kunlik o`rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11 152,4 ming so`mdan 10 838,4 ming so`mgacha pasaygan.
Sement
Ma`lum qilinishicha, o`tgan hafta mobaynida birja savdolariga 64,988 tonna sement qo`yildi. Ko`rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 668 ming so`mdan 642,4 ming so`mgacha pasaydi.






