Bugun, 27 iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 00.05 Samara viloyatida sodir bo`lgan avariyada 6 kishi halok bo`lgan. Ulardan ikki nafari Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi, qolgan to`rt nafari O`zbekiston fuqarolari bo`lgan. Bu haqda Qirg`iziston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Avtohalokat "Honda" va "Hyundai" avtomashinalari to`qnashuvi hisobiga sodir bo`lgan.
Jarohatlangan etti nafar erkak shifoxonaga yotqizilgan.
Baxtsiz hodisaning sabablari va sharoitlari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan belgilanadi.
"Qirg`iziston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi Qirg`iziston Respublikasining jabrlangan fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatadi hamda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini vataniga etkazishni tashkil etadi.
Bu masala Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qirg`iziston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi nazoratida", - deyladi Qirg`iz TIV xabarida.






