AsosiyJamiyat

Jizzaxda kanaldan o`g`il bola chaqaloqning jasadi topildi

'Jizzaxda kanaldan o`g`il bola chaqaloqning jasadi topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumanida kanaldan chaqaloqning jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasining xabarlarga aniqlik kiritishicha, holat joriy yilning 21 iyun kuni sodir bo`lgan.  Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o`tuvchi kanaldan o`g`il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotida chaqaloq o`lik holatda tug`ilganligi ma`lum qilingan.  

Tuman prokuraturasi tomonidan hodisaga aloqador bo`lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar