AsosiyJamiyat

27 iyun kuni “Toshkent” avtovokzalidan viloyatlarga qo`shimcha 43 ta avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi

'27 iyun kuni “Toshkent” avtovokzalidan viloyatlarga  qo`shimcha 43 ta avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi'ning rasmi

 Joriy yil 28 iyun – 2 iyul kunlari aholining “Qurbon hayiti” bayramini ko`tarinki ruhda o`tkazishi va respublika bo`ylab sayohat qilishi, yo`lovchilarning o`z manzillariga xavfsiz etib olishini ta`minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirmoqda.

Xususan, "Toshkent” avtovokzalidan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Navoiy yo`nalishlarida kunlik 32 ta rejadagi reyslar bilan birga qo`shimcha 18 tagacha reys amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 50 ta reyslar orqali 2700 ta yo`lovchilar o`z manziliga etkazilyapti.

Ma`lum qilinishicha, umumiy qatnovlar soni 350 ta reysni tashkil etib, 19 mingta (6,930 ta qo`shimcha) yo`lovchilar tashiladi.

26 iyun kuni Toshkentdan Zarmitan, Jo`sh, Mirbozor, Qiziltepa, Qorako`l, Termiz, Denov, Uzun, Mang`it, Samarqand, Buxoro, Zarafshon, Uchquduq, Urganch, Konimex, Xatirchi, Qarshi, Xiva yo`nalishlarida 39 ta qo`shimcha reyslar qo`yilgan.

27 iyun kuni “Toshkent” avtovokzalidan mazkur yo`nalishlarda qo`shimcha 43 ta reyslar bajarilishi rejalashtirilgan.

Yo`lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda yuqoridagi yo`nalishlarda yana qo`shimcha qatnovlar tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan yo`lovchilardan “Toshkent” avtovokzali xizmatidan foydalanishlarini so`rab qolamiz.

“Toshkent” avtovokzalida 24 soatlik ish rejimi tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar