Darakchi manbasining xabar berishicha, bugun, 27 iyun kuni soat 02:30 larda Jizzax shahar "Toshloq" MFY Sharof Rashidov ko`chasida joylashgan restoranlardan birida joriy yilning 24 iyun kuni ovqatlanib, 25-26 iyun kunlari jami 44 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan o`rta og`ir ahvolda "Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilishgan.
Shulardan 11 nafariga shifokorlar tavsiyasiga ko`ra, uyga javob berilgan. Qolgan 33 nafari esa shifokorlar nazoratida davolanmoqda.
O`z vaqtida ko`rsatilgan tibbiy yordam natijasida hozirda barcha bemorlarning holati yaxshi. Davolash kursi davom etmoqda.
Voqea joyiga shahar Prokuratura, SSB va SEO mutaxassislari, viloyat va shahar FVB boshlig`i o`rinbosarlari, IIB xodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
27.06.2023 09:30
Jizzaxda 44 nafar fuqaro restorandagi ovqatdan zaharlandi






