AsosiyDunyo

Misrda 13 qavatli uy qulab tushdi (video)

'Misrda 13 qavatli uy qulab tushdi (video)'ning rasmi

Misrning Iskandariya shahrida 13 qavatli turar joy binosi qulab tushdi. Bu haqda Anadolu Ajansi nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bino vayronalari ostida omon qolganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda. 

Hodisa Xalil Hamada ko`chasida yuz bergan, fuqaro muhofazasi kuchlari voqea joyiga jalb qilingan. Misr sog`liqni saqlash vazirligi bino qulashi oqibatida kamida to`rt kishi jabrlanganini aytmoqda.

Mamlakatlar rasmiylari hodisa paytida binoda bo`lganlarning aniq soni haqida ma`lumotga ega emas va hozircha qurbonlar haqida ma`lumot berilmagan. Lekin binoda joylashgan kichik supermarketning mijozlari bilan bir qatorda bir necha aholi ham bino ostida qolib ketgan. 

Vayronalar ostida bolalar borligi haqida hech qanday ma`lumot yo`q. Qulashga bino strukturasidagi “vertikal bo`linish” sabab bo`lgan, hozirda tafsilotlarni aniqlash uchun prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda. Bino atrofidagi mulklarga zarar etmagan va ularning aholisi evakuasiya qilinmagan. 

    Boshqa yangiliklar