AsosiyJamiyat

​​Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlari to`liq elektron ruxsatnoma tizimiga o`tkaziladi

'​​Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlari to`liq elektron ruxsatnoma tizimiga o`tkaziladi'ning rasmi

Istanbul shahrida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo`yicha O`zbekiston – Turkiya  qo`shma komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati hamda uni rivojlantirish bilan bog`liq masalalar muhokama etildi. Tomonlar so`nggi yillarda ikki mamlakat o`rtasida savdo va avtomobil transportida yuk tashuvlar hajmi ortib borayotganini alohida qayd etib o`tishdi.

Shu munosabat bilan tomonlar bugun savdo-sotiq jarayonlarida kuzatilayotgan global o`zgarishlardan kelib chiqib, o`rta yo`lakni rivojlantirishni hisobga olgan holda xalqaro avtomobil tashuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi. 

Xususan, yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalari belgilandi. Shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o`rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to`liq o`tish bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar