AsosiyDunyo

Rossiya banklari dollar va evro kursini keskin oshirdi

'Rossiya banklari dollar va evro kursini keskin oshirdi'ning rasmi

Rossiyaning bir qator banklari 24 iyun, shanba kuni valyuta kursini keskin oshirdi, ayrim hollarda dollar kursi 90 rubldan, evro 100 rubldan oshdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Xususan, eng yuqori ko`rsatkich Rosbankda qayd etilgan. U erda dollar 105 rubl, evro 115 rubldan sotiladi. Eng past kurs dollarni 84,87 rubldan, evroni esa 93,06 rubldan sotayotgan Promsvyazbank tomonidan belgilangan.

"Vagner" asoschisi Evgeniy Prigojinning 23 iyun kuni kechqurungi bayonotlari fonida, Moskva birjasi indeksi kechki sessiyada keskin pasayishni boshladi.

 

    Boshqa yangiliklar