AsosiyDunyo

Shoygu va Gerasimov "Vagner" isyoni ortidan lavozimidan chetlatilishi mumkin - Rossiya OAV

'Shoygu va Gerasimov "Vagner" isyoni ortidan lavozimidan chetlatilishi mumkin - Rossiya OAV'ning rasmi

Shoygu "Vagner" isyoni ortidan lavozimidan chetlatilishi mumkin, deya taxmin qilmoqda Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Ma`lum bo`lishicha, Rossiyadagi kechagi qo`zg`olon "Vagner" rahbari uchun qulay shartlar asosida to`xtatildi.

"Vagner" rahbari Evgeniy Prigojinning talablaridan biri mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovning iste`foga chiqishi edi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bo`lgan mashhur "Rbar" Z kanaliga  ko`ra, qo`zg`olon Prigojin uchun qulay shartlar asosida to`xtatilgani hisobga olinsa, Rossiya Mudofaa vazirligi, shu jumladan Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovlar olib tashlanadi.

Ma`lumot uchun: "Vagner" rahbari Evgeniy Prigojin harbiy qo`zg`olonni to`xtatdi. 24 iyun kuni kechqurun uning yollanma askarlari bir kun avval o`rnashib olgan Rostov-Don markazini tark etishdi. . Rossiya hukumati Prigojin va uning yollanma askarlariga ma`lum "xavfsizlik kafolatlari"ni va`da qildi. Dmitriy Peskovning aytishicha, Prigojin bilan muzokaralar chog`ida Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligidagi kadrlar o`zgarishi muhokama qilinmagan.

Rossiyalik muxolif jurnalist Timur Olevskiyning fikricha, Evgeniy Prigojinning isyoni haqidagi hikoyasiga nuqta qo`yish hali erta. U “Vagnerchilar” etakchisiga berilgan xavfsizlik kafolatlari va boshqa va`dalar Kremlda katta ehtimol bilan bajarilmasligini aytdi.

    Boshqa yangiliklar