AsosiyJamiyat

Toshkentda hayit namozi uchun masjidlarga soat 03:00 dan 05:00 gacha maxsus avtobuslar qo`yiladi

'Toshkentda hayit namozi uchun masjidlarga soat 03:00 dan 05:00 gacha maxsus avtobuslar qo`yiladi'ning rasmi

2023 yil 28 iyun kuni “Qurbon hayiti” bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 151 ta avtobus yo`nalishlariga jami 1060 ta avtobuslar ishga chiqarilishi belgilangan bo`lib, avtobus yo`nalishlarining faoliyati soat 4:00 dan boshlab yo`lga qo`yiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" ma`lum qildi.

Bundan tashqari, masjidlarga kelib ketishda aholisiga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahrida joylashgan 100 ga yaqin masjidlarga soat 03:00 dan, soat 05:00 gacha bo`lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo`nalishlari tashkil etilib, ushbu yo`nalishlarga 160 dona avtobuslar chiqarilishi belgilanganligini ma`lum qilamiz.

 

 

    Boshqa yangiliklar