Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Vagner” xususiy harbiy shirkati rahbari Evgeniy Prigojin tomonidan boshlangan harbiy isyonga munosabat bildirdi. Bu haqda Ukraina Prezidentining telegram kanalida yozilgan.
“Zulm yo`lini tanlagan har bir kimsa oxir-oqibat o`z boshini eydi. Minglab askarlarni qirg`inbarotga yuboradi, pirovardida esa o`zi qurollantirgan shaxslardan himoyalanish uchun Moskva viloyatida barrika ortiga yashirinadi. Rossiya uzoq yillar o`z zaifligi va boshqaruvdagi uquvsizligini propaganda yo`li bilan niqoblab keldi. Endi boshboshdoqlik shu qadar kuchaydiki, oyni etak bilan yopib bo`lmay qoldi”, – deb yozdi Ukraina rahbari.
Zelenskiy hozirgi vaziyatda rus qo`shinini Ukraina tuprog`idan olib chiqish ketish aqlli qaror ekanini urg`uladi.
Ma`lumot uchun:
Evgeniy Prigojin boshchiligidagi "Vagner" yollanma askarlari Rossiyaning bir qator hududlaridagi muhim infratuzilma obektlarini egallab, Moskva tomon harakatlanayotganini ma`lum qilgandi. Shundan so`ng Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilib, davlat to`ntarishiga urinishlar har qanday yo`l bilan bostirilishini ma`lum qilgandi.






