AsosiyJamiyat

Surxondaryoda zarar miqdori 40 mln so`m bo`lgan 81 ta kavrak o`simligi kesib tashlandi

'Surxondaryoda zarar miqdori 40 mln so`m bo`lgan 81 ta kavrak o`simligi kesib tashlandi'ning rasmi

Ekologiya vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi “Bobotog`” SIU hududida o`rganish ishlarini olib bordi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, “Uzun Oq Machit Agro” MChJ qo`shma korxonasiga biriktirilgan tog` va tog` oldi hududlaridagi o`rganishlar natijasida tabiiy holda o`suvchi tojik kavragi o`simligining 2421 tasi dimlangani, kartonlangani, 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilganligi ma`lum bo`lgan. 

Aytilishicha, bu xatti-harakat O`zbekiston Respublikasi “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonunning 36-moddasi talabini buzish hisoblanadi. 

Huquqbuzar tomonidan o`simlik dunyosiga 40 mln 95 ming so`m miqdorida zarar etkazilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan MChJga nisbatan MJtKning 81-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy ish qo`zg`atildi.

Ta`kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 18 fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi o`simligining yo`qolib ketishiga yo`l qo`ymaslik va ko`payishini ta`minlash maqsadida uch yil muddatga moratoriy joriy etilgan. Moratoriy davrida o`simlik va hayvonot dunyosi ob`ektlaridan, jumladan, kavrak o`simligidan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari ko`rilmoqda va huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida tezkor guruhlar tashkil etilgan. 

Tezkor nazorat tadbirlari 2023 yil 1 sentyabrgacha davom etadi. 

Kavrak o`simligini noqonuniy yig`ish, tayyorlash va undan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish jiddiy javobgarlikka sabab bo`ladi. Jumladan, yuqoridagi kabi huquqbuzarliklarda zarar miqdori eng kam ish haqining 300 barobaridan (99 mln so`m) oshgan taqdirda, jinoiy javobgarlik belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar