AsosiyJamiyat

"Qamchiqavtoyo`l" unitar korxonasi tomonidan 983,5 mln so`mlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari borligi aniqlandi

'"Qamchiqavtoyo`l" unitar korxonasi tomonidan 983,5 mln so`mlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari borligi aniqlandi'ning rasmi

"Qamchiqavtoyo`l" ixtisoslashtirilgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Agentlik axborlt xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, “Qamchiqavtoyo`l” ixtisoslashtirilgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida 2023 yil 21 iyun o`tkazilgan 983,5 mln so`mlik davlat xaridida sohaga oid qonunchilik talablariga amal qilinmaganligi va boshqa qonunbuzilishi holatlariga yo`l qo`yilganligi aniqlan

Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan tadbirkorlardan 2 nafarining barcha hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan foydalanilgan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.

Natijada O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to`qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan.

Mazkur holatlar bo`yicha 2023 yil 21 iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to`g`risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi. 

Holat bo`yicha xizmat tekshiruvi o`tkazish uchun O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari qo`mitasiga so`rovnoma kiritildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan “Qamchiqavtoyo`l” ixtisoslashtirilgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 22 iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar