AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida maktab va bog`cha qurish uchun hokimiyat 7,1 mlrd so`m mablag` ajratdi

'Toshkent viloyatida maktab va bog`cha qurish uchun hokimiyat 7,1 mlrd so`m mablag` ajratdi'ning rasmi

Toshkent viloyati hududida ijtimoiy soha ob`ektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta`mirlash va rekonstruksiya ishlari uchun  mablag`lar yo`naltirildi.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzaevning farmoyishi e`lon qilindi.

Unga ko`ra, viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil -chorak yakuni bilan iqtisod qilingan mablag`lar hisobidan "Yagona buyurtmachi xizmati" injinering kompaniyasiga 7 milliard 1 million so`m ajratildi.

Mazkur mablag`lar Bekobod, Parkent, Oqqo`rg`on, Quyi Chirchiq, O`rta Chirchiq, Yangiyo`l, Chinoz, Toshkent, Piskent, Zangiota tumanlari hamda Yangiyo`l shaharidagi 15 ta ob`ektda, ya`ni maktabgacha ta`lim va umumta`lim maktablarini rekonstruksiya qilish va qo`shimcha bino, sport zal qurilishi uchun sarf etiladi.

    Boshqa yangiliklar