Abdurahmon ibn Umar as-Sufiy 903 yilda Tehron yaqinidagi Ray shahrida tug`ilgan. U Dinovar, Isfahon, Bag`dodda ilmiy faoliyat bilan shug`ullangan.
Podshoh Adud ad-Davla ko`rsatmasida bilan Sheroz shahrida rasadxona qurilishiga ham bosh-qosh bo`lgan.
Uning eng yirik ijodiy ishi “Kitaabi as-sivar al-kavokib as-sabita” (“Qo`zg`almas yulduzlar tasviri”) asaridir. Mazkur asar bevosita Ptolemeyning “al-Majistiy” asari asosida yaratilgan, lekin undagi xatoliklarni aniqlab, ularga tuzatishlar kiritgan. Ptolemey asaridagi yulduzlarning yunoncha nomlariga arabcha muqobilini topgan.
As-Sufiy taxminan 986 yilda Sherozda vafot etgan. Curatlarda: “Kitaabi as-sivar al-kavokib as-sabita” asaridan miniatyuralar.






