Xitoydagi restoranda gaz portlashi oqibatida 31 kishi halok bo`ldi.
Hodisa mamlakat shimoli-g`arbidagi Inchuan shahrida sodir bo`lgan. Qutqaruvchilar yana 7 nafar yaradorni aniqlashgan. Ma`lum qilinishicha, ulardan biri og`ir ahvolda.
Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, portlash oshpaz gaz ballonidagi valfni almashtirayotganda sodir bo`lgan. Yong`indan taxminan bir soat oldin xodimlar gaz hidi haqida xabar berishgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Portlash "Drakonix lodok" festivali arafasida, ko`plab xitoyliklar restoranlarga tashrif buyurib, do`stlari bilan uchrashganda sodir bo`lgan.






