AsosiyJamiyat

Samarqandda xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

'Samarqandda xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan  bir oilaning 4 nafar a`zosi gaz portlashidan halok bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasining bayonotiga ko`ra, 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqo`rg`on tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga mo`ljallangan isitish pechini ehtiyosizligi bilan noto`g`ri o`t oldirganidan qisqa muddatli chaqnash kelib chiqqan. Oqibatda A.R, uning turmush o`rtog`i K.F, nabiralari I.A. hamda O.A. 50-60 foiz kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ko`rsatilgan muolajalarga qaramay, 26-mart kuni K.F. Kattaqo`rg`on tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga etmagan I.A. va O.A.lar RShTYoIM Samarqand filialida, 27-mart kuni esa A.R. Kattaqo`rg`on tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar