Navoiy viloyati Karmana tumanida 31 yoshli erkak rashk sabab mahalladoshini kaltakladi.
Xabarga ko`ra, 31 yoshli erkak akasi bilan birga taksistlik bilan shug`ullanuvchi qo`shnisining uyiga borib, uni kaltaklagan. Bunga esa xotini unga qo`ng`iroq qilib, haydovchi tegajog`lik qilganini aytgani sabab bo`lgan. Aniqlanishicha, jabrlanuvchi ba`zan uning ayolini ishxonasiga eltib qo`ygan.
Kaltaklanish oqibatida og`ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi shu kuni tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda davo muolajalarini olmoqda.
Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo`limi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






