Har bir iste`molchida sigaretalar kontrabandasiga qarshi kurashda yordam berish va har bir arizadan 500 ming so`mdan boshlab keshbek olish imkoniyati borligini bilasizmi?
Buning uchun siz noqonuniy sigaretalar savdosi faktini qayd etishingiz va Soliq.uz ilovasi orqali ariza yo`llashingiz zarur.
Eslatib o`tamiz, Prezidentning 04.10.2021 yildagi PQ-5252-sonli Qarori bilan savdo nuqtasidagi qonunbuzarlik haqida “soliq hamkori” tizimi orqali xabar bergan iste`molchilarga jarima summasining 20 foizi miqdorida keshbek to`lash ko`zda tutilgan.
Ogoh bo`ling! O`zingizni aldashlariga yo`l qo`ymang!






