AsosiyJamiyat

Konstitusiyaviy islohotlar nimaga kerak? Mutaxassis izoh berdi

'Konstitusiyaviy islohotlar nimaga kerak? Mutaxassis izoh berdi'ning rasmi

Mamlakatimizda  konstitusiyaviy islohotlarning navbatdagi bosqichi amalga oshirilmoqda.  Shu vaqtgacha fuqarolar va turli tashkilotlardan 220 dan ortiq takliflar kelib tushdi va bu xalqimizning faol fuqarolik pozisiyasi natijasi bo`lib, dolzarb ijtimoiy talabni hamda konstitusiyaviy normalarni takomillashtirishga bo`lgan ob`ektiv zaruratni aks ettiradi. Ayni damda,  fuqarolardan kelib tushgan barcha  takliflarning har to`rtinchisi Konstitusiyani yangilash  loyihasiga kiritildi. Takliflarda fuqarolar tomonidan  inson huquqlarini ta`minlash,  fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, fan va ta`lim sohalarini rivojlantirish, shaxsiy mulk daxslsizligini yanada mustahkamlash, atrof-muhitnimuhofaza qilish, davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini aniqlashtirish bilan bog`liq masalalarga alohida e`tiborqaratilgan.  Shu bilan birga,  qayd etish joizki, ayrimlar Konstitusiyaga  tuzatishlar kiritish kerakligidan norozilar. Ularning fikricha, Konstitusiyaga o`zgartish kiritishga hojat yo`q. Amaldagi hujjat ularni qanoatlantiradi. Aksariyat mamlakatlarning zamonaviy Konstitusiyasi milliy va davlat  qadriyatlari,insonning asosiy prinsiplari, huquq va erkinliklari, burchlari, shaxs, jamiyat va davlat, siyosiy institutlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar va boshqa eng muhim sohalarni o`zida aks ettiruvchi konseptual huquqiy asos hisoblanadi. 

COVID-19 pandemiyasining  salbiy ta`siri, xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiykun tartibning keskinlashuvi davlatlarning ichki ishlarida, va shunga mos ravishda xalqaro miqyosda ham o`z ifodasini topmoqda. Albatta, bu shuningdek,  ko`plab yuridik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa jabhalarni ham qayta ko`rib chiqishga qo`shimcha turtki bo`lib, ushbu masalalarni Konstitusiyada aks ettirish  zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mamlakatimiz Konstitusiyasini o`zgartirishsiz saqlash tarafdorlari odatda, 1787 yilda qabul qilingan va birinchi Konstitusiya deb ataladigan AQSh  Konstitusiyasiga tayanadilar. Garchi hujjat eng barqaror  Konstitusiya bo`lishiga qaramay, unga ham  muntazam o`zgartishlar kiritilgan. Qolaversa, AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan ayrim tuzatishlar ba`zi hollarda oldingi tuzatishlarni bekor qilgan, bu esa, ushbu hujjatning  yuzagakelayotgan sharoit va muammolarga nisbatan egiluvchan va moslashuvchanligini ko`rsatadi. AQSh Konstitusiyasida siyosiy hokimiyatning siyosiy partiya, praymeris va shu kabi eng muhim institutlari haqida nizomlarmavjud emas. Ko`plab holatlardaumumiy va noaniq ta`riflar bor. AQSh Oliy sudining mashhur sudyalaridan biri Uilyam Djozef Brennan: “Konstitusiyaning buyukligi uning mazmun-mohiyatining  o`zgarmasligida emas, balki asosiy tamoyillarining  amaldagimuammolar va ehtiyojlarga  moslasha olishidadir”, - deb ta`kidlagan edi. AQSh va O`zbekiston turli huquq tizimlariga ega va ularni taqqoslash noto`g`ridir. Bugungi kungacha AQSh Oliy sudi Amerika Konstitusiyasining deyarli har bir  moddasi, har bir kiritilgan tuzatishini ko`rib chiqib, ularga izoh berdi. AQSh Oliy sudi Konstitusiyani o`z qarorlari bilan moslashtirib boradi va o`zgartiradi, zarur hollarda mazkur qarorlarni  qayta ko`rib chiqadi. 

Bizningcha, har qanday davlatning Konstitusiyasi u bilan birga, shaxs va jamiyat o`rtasida yuzaga kelayotgan munosabatlarga qarab rivojlanadi. Konstitusiya siyosiy hokimiyatning amaldagi tizimini, uning ishlash mexanizmini, milliy, madaniy  qadriyatlarini, insonning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini  aks ettirishi kerak. Jahonda konstitusiyalarniizchil yangilab turish  zaruriy va odatiy tartibdir. Masalan, 1990 yildan keyin GFR (Germaniya Federativ Respublikasi) Konstitusiyasiga 68% dan ortiqmoddaga tuzatishlar kiritilgan bo`lsa, Fransiyada 2008 yilda 50% ga yaqin moddalar yangilangan. Ayni paytda, XXI asrda dunyoning 90 ga yaqin davlatida  konstitusiyaviy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi, 57 ta mamlakat yangi tahrirdagi konstitusiyani qabul qildi. Olimlarning ta`kidlashicha, Konstitusiyaning barqarorligi nafaqat undagi matnning o`zgarmasligi bilan, balki  kiritilayotgan o`zgartishlarning xususiyati,  alohida qoidalardagi aniq yangiliklar bilan belgilanadi. Konstitusiyaga o`z vaqtida zarur tuzatishlar kiritilmasa, u faqat deklarativ xususiyatga ega bo`lgan, amalda esa, oddiy xalqhayotidan uzilib qolgan va ularning mavjud muammolarini  hal eta olmaydigan jonsiz narsaga aylanadi. Masalan, yangilangan Konstitusiyaga nogironligi bo`lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy soha ob`ektlari va xizmatlaridan to`la foydalanishi uchun ularga sharoitlar yaratish,  ularning ishga joylashishiga, ta`lim va zarur axborot olishiga ko`maklashishni nazarda tutuvchi kafolatlar kiritilgan. Bundan tashqari, loyihaga adokatura institutiga oid alohida bob kiritildi, bu esa, fuqarolarning  huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga, aholining odil sudlovdan foydalanishini kengaytirishga va umuman advokatlik faoliyati kafolatlarini mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga, hujjatga yangi norma ham kiritilib, unga muvofiq, qonunchilikdagibarcha noaniqliklar, ziddiyatlar va bo`shliqlar fuqarolar foydasiga hal qilinadi, bu esa, davlat organlariga bo`lgan ishonchni oshiradi, ularning obro`sini mustahkamlab, adolat tamoyilini amalga oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi loyihasini ishlab chiqish xususiyatiga, uning ruhiga, “inson-jamiyat-davlat” tamoyilini hayotga tadbiq etishga qaratilgan vazifalariga ko`ra,  uni  “xalq Konstitusiyasi” deb bemalol atash mumkin. Konstitusiyani  yangilash islohotlari mustahkam huquqiy asosni shakllantirish va davlatimizni rivojlantirishning  ustuvor yo`nalishlarini belgilash maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu o`zgartishlar fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmatini  yuksaltirish, shaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash, ijtimoiy sohani mustahkamlash hamda o`zaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratishga qaratilgan. Konstitusiya xalqaro va davlat miqyosida yuzaga kelayotganziddiyatlarni hisobga olishi, Bosh Qomusning uydirmaga aylanib qolishiga yo`l qo`ymaslik uchun mamlakat hayotining barcha jabhalariga jiddiy ta`sir ko`rsatishi  kerak. 

Yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori (PhD)

L.Yu. Yugay

    Boshqa yangiliklar