Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Olmazor tumanida devor qulaganligi haqida xabarlar tarqaldi. Shahar IIBB axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, 14 mart kuni soat 00:45 larda Olmazor tumanining Guruch-ariq ko`chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo`lgan devori qulab tushgan. Bunga poytaxtda yog`gan kuchli yog`ingarchilik sabab bo`lgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Devor oldida turgan, fuqaro S.A.ga tegishli bo`lgan Nexia-3 rusumli avtomashinaga shikast etgan.






