Samarqand shahrida tadbirkorning oshxonasini gaz tarmog`iga ulab berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qurashish departamaenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Samarqand shahar bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Samarqand shahar gaz ta`minoti bo`limi texnigi Sh.A. tadbirkor M.ga qarashli oshxonani tabiiy gaz tarmog`iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






