AsosiyJamiyat

Hozirgi kunda mazhabni rad etadigan yoki to`rtta mazhabni qorishtiradiganlar paydo bo`lmoqda — Muftiy Nuriddin domla (video)

'Hozirgi kunda mazhabni rad etadigan yoki to`rtta mazhabni qorishtiradiganlar paydo bo`lmoqda — Muftiy Nuriddin domla (video)'ning rasmi

Muftiy Nuriddin domla hazratlari hozirgi kunda mazhabni rad etadigan yoki to`rtta mazhabni qorishtiradiganlar paydo bo`layotganini afsus bilan qayd etdi.

Muftiy chiqishlari davomida mashhur sahoba Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuning ijtihod qilish (hukm chiqarish) bobidagi hozirjavobliklari Rasul alayhissalomni juda ham xursand qilgan haqida so`z yuritdi.
Shuningdek, mujtahid ulamolar Qur`on va hadisga tayanib ijtihod qilganlari hamda bir vaqtda barcha zarur ilmlar – tafsir, hadis, oyatlar nozil bo`lish sabablari, arab tili grammatikasi kabilarni puxta bilganlari keltiriladi.
Diyorimizda asrlar davomida Hanafiy mazhabiga amal qilingani, shuning uchun o`tmishda bunday ixtiloflar bo`lmagani haqida so`z yuritiladi. O`tgan asrning 90-yillarida diyorimizdagi mazhabsizlik oqibatida noxushliklar sodir bo`lgani, bir masjid jamoasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani, shu bois ham, bir mazhabga ergashish shar`iy va hayotiy zarurat ekani jonli misollar bilan ifoda etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar