AsosiyJamiyat

O`zbekiston taekvondochilari “Dutch Open” turnirini beshta medal bilan yakunlashdi

'O`zbekiston taekvondochilari “Dutch Open” turnirini beshta medal bilan yakunlashdi'ning rasmi

Taekvondo WT bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Niderlandiyada o`tayotgan “Dutch Open” musobaqasidagi ishtirokini yakunladi.

Sportchilarimiz unda 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

Murosasiz bahslarda Jasur Jaysunov (-74 kg), Shuhrat Salev (-80 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) oltin medalga sazovor bo`lishdi. Yangi vazn toifasida ikkinchi bor ishtirok etgan Ulug`bek Rashitov (-74 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) bronza medali sohibiga aylandi. Qayd etish joiz, -74 kg vazn toifasining yarim finalida Jaysunov hamda Rashitov o`zaro to`qnash kelishgan.

Oltin medal:

-74 kg: Jasur Jaysunov

-80 kg: Shuhrat Salev

-87 kg: Nikita Rafalovich

 Bronza medal:

-74 kg: Ulug`bek Rashitov

+73 kg: Svetlana Osipova

Endi terma jamoamiz 18-19 mart kunlari o`tadigan “Belgian Open” musobaqasida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar