“ Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Termiz yo`nalishidagi yo`lovchi reysi uchish aeroportiga qaytdi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” telegram kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, chang bo`roni tufayli samolyot Termizga qo`na olmagan.
Shu sabab havo kemasi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qaytgan.






