AsosiyJamiyat

O`tgan yili xorijda ota-ona qaramog`isiz qolgan 43 nafar bola O`zbekistonga olib kelindi

'O`tgan yili xorijda ota-ona qaramog`isiz qolgan 43 nafar bola O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma`lum qildi

2022 yil mobaynida Bola huquqlari bo`yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to`g`risida jismoniy va yuridik shaxslar, bolalar hamda ular qonuniy vakillari tomonidan jami 696 ta murojaat qabul qilindi.

Shulardan 64 ta murojaat qanoatlantirilgan, 310 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.

2021/2022 yillarda jami ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga mo`ljallangan 21 ta bolalar muassasasi faoliyati tugatildi.

Respublika bo`yicha jami 139 ta oilaviy bolalar uyi tashkil etilgan bo`lib, ularda 822 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

Aliment olish huquqiga doir 29 ta murojaatni o`rganish davomida 2022 yil davomida Bosh prokuratura tomonidan 71 nafar tarbiyalanuvchilarga ota-onalaridan 389,3 mln. so`m aliment undirib berilishi ta`minlangan.

    Boshqa yangiliklar