Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19-24° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 21-23° iliq bo`ladi.
Toshkent viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.
04.03.2023 08:40
Bugun harorat 24 darajagacha ko`tarilishi va ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi prognoz qilindi






