Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari 3 ta viloyatda korrupsiyaga yo`l qo`ygan firibgar mansabdorlarni qo`lga oldi. Bu haqda DXX axborot xizmati Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Jumladan, Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali mansabdor shaxsi fuqaroni bo`lim boshlig`i lavozimiga qabul qilish va ilmiy ishini himoya qilishida yordam berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Farg`onada O`zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limi mansabdor shaxsi fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan Toshkent shahar Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Bundan tashqari, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligi yuristkonsulti firibgarlik yo`li bilan mahalliy fermer xo`jalik rahbaridan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
02.03.2023 10:28
⚡️DXX korrupsiya va firibgarlik bilan shug`ullangan mansabdorlarni qo`lga oldi (video)






