4 mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida IT Park'ning yangi loyihasi — O`zbekiston IT hamjamiyatining ochilish marosimi bo`lib o`tadi.
IT hamjamiyati IT mutaxassislarini va sohaga qiziqqan har bir kishini bir joyda birlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Hamjamiyat a`zolari IT sohasidagi qiziqarli ma`lumotlarni topishlari, bilim va tajriba almashishi, karera qurish, loyiha uchun jamoa topish, g`oyalarni muhokama qilish, yordam olish va hatto mentor topishlari mumkin.
02.03.2023 09:07
O`zbekistonda IT hamjamiyati tashkil etiladi






