AQSh Federal Qidiruv Byurosi koronavirusni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan laboratoriyadan sizib chiqqan deb hisoblaydi. Bu haqda byuro direktori Kristofer Rey aytib o`tdi deb xabar bermoqda Zamon.uz.
Uning fikricha, pandemiyaning kelib chiqishi Uxandagi potensial laboratoriya hodisasi bilan bog`liq.
“Xitoy AQSh hukumati va uning yaqin xorijiy hamkorlari amalga oshirayotgan ishlarga to`sqinlik qilish va chalkashtirish uchun qo`lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Va bu hamma uchun achinarli”, — deya qo`shimcha qilgan Kristofer Rey.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bunga izoh berib, Pekinni obro`sizlantirish va virusning kelib chiqishini siyosiylashtirishni to`xtatishga chaqirgan.






