AsosiyJamiyat

Entoni Blinken Suriya va Iroqdan 400 nafardan ortiq o`zbekistonliklarning vatanga qaytarilishini olqishladi

'Entoni Blinken Suriya va Iroqdan 400 nafardan ortiq o`zbekistonliklarning vatanga qaytarilishini olqishladi'ning rasmi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Suriya va Iroqdan 400 nafardan ortiq odamni Vataniga qaytargani uchun O`zbekistonni e`tirof etdi. Bu haqda u xorijiy va mahalliy OAV ishtirokidagi matbuot anjumanida to`xtalib o`tgan.

“Dasturlar orqali olib borayotgan ishlarimiz xususiy kengashga katolizator sifatida xizmat qiladi. Xususiy sektor ishtiroki juda ham katta qiziqish bildirmoqda O`zbekistonga sarmoya kiritish borasida. Shu bilan birgalikda, biz ushbu ko`makni qay tarzda bermoqdamiz? AQSh ushbu investisiyani shaffof ravishda bermoqda va aholi o`zining shakllash imkonini bergan holda. Ayni shu tarzda sarmoya kiritilishi lozim.

Bundan tashqari, Samarqandda savdo va investisiya bo`yicha idoraviy guruh uchrashuvida kelasi safar ishtirok etamiz. Bir-biriga bog`liq bo`lgan Markaziy Osiyo aholiga ko`p manfaat keltiradigan holat. AQSh ushbu yo`nalishni qo`llab-quvvatlash tarafdori. Kiritiladigan ushbu sarmoya hamkorlarimiz uchun ham, biz uchun ham manfaatli. Yangi bozorlar yaratadi bizning mahsulot va xizmatlarimizga va yangi imkoniyatlar yaratadi. Global qiyinchiliklarga duch kelganda ularni hal etishda yordam beradi. Yangi do`stliklarni yaratishga va mamlakatlarimiz hamda jamiyatlarimizga yordam beradigan sheriklikdir.

Shuning uchun men bu erga keldim. Nafaqat tashrif, balki elchixona orqali ham ushbu hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha ish olib borilyapti. Uchrashuvimizda Afg`oniston xalqiga O`zbekiston tomonidan elektr etkazilishini hamda xotin-qizlarga yordam ko`rsatilishi, bundan tashqari, O`zbekistonni Suriya va Iroqdan 400 nafardan ortiq odamni Vataniga qaytargani uchun olqishlaymiz. AQSh bu borada yordam berishda davom etadi”, — dedi Blinken.

    Boshqa yangiliklar