AsosiyJamiyat

Namanganda xalqaro gullar festivali bo`lib o`tadi

'Namanganda xalqaro gullar festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

Namanganda 21 maydan 4-iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo`lib o`tadi. Oltmish ikkinchi bor o`tkaziladigan festivalga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi kutilmoqda. 

Ta`kidlanishicha,  festival o`z tarixida ikkinchi bor ikki hafta (joriy yil may oyining so`nggi haftasi va iyun oyining birinchi o`n kunligida) davom etadi.

2022 yilda festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan bo`lsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Ular orasida diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar mutasaddilari, hamkor qo`shma korxonalarning chet ellik rahbarlari ham qatnashishi rejalashtirilgan.  

Bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaygan. O`tgan yili Janubiy Koreya, Hindistondan gulchilar ko`rgazmada ishtirok etgan bo`lsa, bu yil Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Qirg`iziston va Italiya gulchilari qatnashadi.

Bundan tashqari, festival bo`lib o`tadigan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli istirohat bog`ida 15 million, shahar ko`chalarida 10 million, jami 25 million gul va ko`chatlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, shahar ko`chalari turfa xil shaklda bezatiladi.

Festivalning madaniy dasturi ham boy va qiziqarli bo`lishi kutilmoqda. Xususan, “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli istirohat bog`i, “Afsonalar vodiysi” tematik parkida o`rnatiladigan sahnalarda shoir va yozuvchilar, sirk ustalari, o`zbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari chiqishlari namoyish etiladi.

Festival yakunida tadbirda munosib ishtirok etgan gulchilar va korxona-tashkilotlar bir necha nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar