Shavkat Mirziyoev 2021 yil 13 aprel kuni “Byudjetjarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi. Moliya vazirligi tomonidan Rossiya Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy tadqiqotlar moliya instituti (NIFI) va boshqa tashkilotlarning ekspertlari ko`magida ishlab chiqilgan qaror loyihasida O`zbekistonda byudjet xarajatlari taqsimoti jamoatchilik fikri asosida shakllantirilishi aytilgan. Qaror bilan O`zbekistonda 2021 yil may oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirildi. 2022 yil 1 yanvardan esa yangi tartib respublikaning barcha tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda. Shu o`rinda haqli savol tug`iladi, rossiyalik ekspertlar tomonidan taklifqilingan yangi tartib o`zini qanchalik oqladi, fuqarolar byudjet taqsimotida kutilganidek ishtiroketa olyaptimi, qaror ijrosida inson omili qanchalik ahamiyatli? Bugun shu savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
“Ochiq byudjet”da hammasi ochiq ko`rinadi
Qarorning birinchi bosqichida 2021 yilda istisno tariqasida tuman (shahar)lar byudjetlariga respublika byudjetidan qo`shimcha ravishda 92,7 milliard so`m mablag` ajratildi. 2022 yildan boshlab mazkur mablag`lar tegishli tuman (shahar)lar byudjeti parametrlaridan ajratildi.
Bundan tashqari, o`sha yilning 1 iyulidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo`shimcha mablag`larining eng kam miqdori10 foizdan 30 foizga oshirildi.
Moliya vazirligining ma`lum qilishicha, jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirilish jarayoni har yili 2 marotaba (1 fevral va 15 iyulga qadar) o`tkaziladi.
Mablag`lar tegishincha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`ida jamlanadi.
“Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” shaxsiy g`azna hisobvarag`idagi mablag`larning boshqa maqsadlarga sarflanishi qat`iyan taqiqlanadi.
Tuman (shahar) hokimliklari moliyalashtirish to`g`risidagi ma`lumotlarni har chorak yakunidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar o`zining rasmiy veb-sayti va “Ochiq byudjet” portaliga joylashtirib kelinmoqda.
Vazir odamlarni faollikka chaqirdi
O`sha paytdagi O`zbekiston moliya vaziri Timur Ishmetov o`zining Twitterdagi sahifasida “Ochiq byudjet” portali haqida ma`lumot berib fuqarolarni uning “Tashabbusli byudjet” bo`limidan faolroq foydalanishga chaqirdi.
Sobiq vazirning so`zlariga ko`ra, shaffoflik islohotlarni ilgari suruvchi asosiy tamoyillardan biridir. Yangi talqindagi “Ochiq byudjet” portali mablag`larning sarflanishi ustidan nafaqat parlament va jamoatchilik nazoratini, balki fuqarolarning byudjet mablag`lari ishlatilishidagi ishtirokini oshirishga xizmat qiladi.
Vazir fuqarolarning jamiyat uchun hududlardagi xayrli va dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashda ushbu portal munosib xizmat qilishiga umid bildirgan.
“Yoshlar, faollar! Yashab turgan shahringiz yoki mahallangizni obodonlashtirish bo`yicha qanday takliflaringiz bor? Fikrlaringizni do`stlaringiz va qo`shnilaringiz qo`llab-quvvatlaydimi? Loyihangizni “Tashabbusli byudjet” orqali amalga oshiring!” – deb yozadi Timur Ishmetov.
U shu paytga qadar (2021 yil 27 iyul) portalga 8000 dan ortiq murojaat kelib tushgani va ularni hal qilishga 157 milliard so`mdan ziyodroq mablag` yo`naltirilganini ma`lum qildi.
“Echim topish mumkin bo`lgan vaziyatlarda sizning ovoz va takliflaringiz muhimdir. Bir misol bilanbo`lishsam, Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Do`stlik” mahallasi aholisi suvsizlikdan qiynalaredi. Mahalla faollari portalga o`z tashabbuslarini yozib qoldirdilar va ushbu taklif eng ko`p ovoz to`pladi. Davlat byudjetidan ajratilgan mablag` evaziga suv ta`minoti yo`lga qo`yildi”, - deydi vazir.
Muzqaymoq, kola, paynet…
“Tashabbusli byudjet” loyihasining ilk mavsumi yakunlanib, 2022 yilning 1 aprel kuni g`oliblari e`lon qilindi. Moliya vazirligining ushbu loyihasi aholi o`rtasida katta qiziqish uyg`atdi, ovoz to`plash jarayonlari ancha qizg`in kechdi. Fuqarolar o`z tashabbusig`olib chiqishi uchun faol harakat qilib, ovoz yig`ishjarayonida o`ziga xos yo`llardan foydalandi. Ijtimoiy tarmoqlarda turli aksiyalar o`tkazish, ovozlarni pulga sotib olish holatlari kuzatildi.
Odamlar o`zlari yashaydigan hududdagi muammolarga echim topish uchun bor imkonni ishga soldilar. Bittaovoz narxi 5-10, ba`zi joylarda 15 mingga ham ko`tarildi. Ko`chalarda muzqaymoq, suv yoki shunchakipaynet evaziga ovoz yig`ildi. Tabiiyki, qaysi hududda odamlar ko`p bo`lsa, aniqroq aytganda ko`proq harakat qilsa o`sha hudud g`olib bo`ldi.
Hamjihatlikda yutuqqa erishib, loyihada g`oliblikni qo`lga kiritgan mahallalar o`z muvaffaqiyatlarini karnay-surnay bilan nishonladi. Hatto mushakbozlik qilib, bu yutuqni bayramga aylantirib yuborganlar bo`ldi. Uchko`prik tumanidagi “Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig`ini aholisi “Tashabbusli budjet” loyihasida uchta taklif uchun 2 milliard 200 million so`m mablag`ni qo`lga kiritdi.
Engilgan hududlar ham “quruq” qolmadi
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2022 yilning fevral-mart oylari davomida o`tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida etarli ovoz to`plagan, ammo g`olib bo`lolmagan loyihalar uchun qo`shimcha mablag` yo`naltirildi.
Qayd etilishicha, fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan holda har biri 2 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qo`shimcha ravishda respublika budjetidan 85,4 milliard so`m mablah ajratildi.
Yangi yilda 2 trillion so`m…
“Tashabbusli byudjet” orqali uzoq yillardan buyon echimini kutayotgan muammolarning hal bo`layotganligi, tabiiyki, aholini quvontirmoqda. Bunga davlat rahbarining diqqatini yanada oshirdi. Shavkat Mirziyoev aholi fikri asosida qilinadigan loyihalarni ko`paytirishga, ajratiladigan mablag`larni keskin oshirish topshirig`ini berdi.
“Bizning tajribamizda bu ham birinchi marta va judakatta ijobiy natija beryapti. Odamlar shu jarayonlarda bevosita o`zlari ishtirok etyapti. Eng muhimi, odamlar bunday loyihalarga daxldor bo`lib, bunyod qilingan infratuzilmadan faxrlanib, ularni asrab-avaylab foydalanyapti”, – degandi davlat rahbari.
2023 yilda fuqarolar tanlagan loyihalar uchun o`tgan yilgidan 3,5 barobar ko`p – 8 trln so`m ajratiladigan bo`ldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliyavazirligi axborot xizmati xabar berdi.
2023 yil uchun ilk takliflarni qabul qilish 6 fevraldan boshlandi. Endilikda siz “Ochiq byudjet” portalida taklif qoldirish va keyinchalik takliflardan biriga ovoz berish orqali “Tashabbusli byudjet”, “Mening yo`lim” dasturlaridan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga nimalarni kiritishni, 1,7 trln so`m pulni qaerga ishlatishni, hal qilishingiz mumkin.
Dilshoda OLIMOVA






