AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pedofillarni jinsiy bichish amaliyotini qonunchilikka kiritish taklif qilinmoqda (video)

'O`zbekistonda pedofillarni jinsiy bichish amaliyotini qonunchilikka kiritish taklif qilinmoqda (video)'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo`lib o`tgan navbatdagi majlisida “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqildi.

Majlisda deputat Bobur Bekmurodov pedofillarni kimyoviy va jinsiy bichish amaliyotini qonunchilikka kiritish taklifi bildirildi.

"Hali ham qonunchilikda pedofiliyaga belgilanayotgan jazolar etarli emas. Masalan, 20 yoshli erkak pedofiliyaga oid jinoyatni sodir etadigan bo`lsa, va 15 yil qamoq jazosini oladigan bo`lsa, u 35 yoshida yana jamiyatga qayta kirib keladi. O`ylaymizki, mana shularni qonunchilikka kiritish kerak. Ichki ishlar vazirligi pedofillarning ochiq ro`yxatini doimiy e`lon qilib borishi kerak. Mazkur qonun loyihasiga mana shu amaliyotlarni kiritish kerak”, – deb ta`kidladi u.

Deputat taklif qilishicha, bunga barham berish uchun jahon tajribasida kompleks choralar ko`riladi – kimyoviy va jinsiy bichish amaliyoti yoki maktablar, ta`lim muassasalarining atrofida 10 km radiusda istiqomat qilmaslik masalasi, yoki pedofillarning ochiy ro`yxatlarini e`lon qilish.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar