Ijtimoiy tamoqlarda Namanganda “gaz zapravka”lar 2-3 kunga yopiladi degan xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi vodiy viloyatida AGTKSlar faoliyati to`xtatilishini rad etdi.
“Ushbu xabar mutlaqo asossiz bo`lib, bugungi kunda nafaqat Namangan viloyatida, balki respublika bo`yicha gaz to`ldirish shoxobchalari faoliyati to`xtatilishi ko`zda tutilmagan”, deyiladi xabarda.
Farg`ona vodiysidagi gaz shahobchalarining ishlash vaqti bosqichma-bosqich uzaytirilib, bugungi kunda 14-15 soatdan faoliyat yuritmoqda.






