AsosiyJamiyat

Navoiydagi chiqindi poligonida yong`in yuz berdi (video)

'Navoiydagi chiqindi poligonida yong`in yuz berdi (video)'ning rasmi

Kecha, 27 fevral kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi chiqindi tashlash poligonida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, chiqindi tashlash poligoni tuman markazidan 10-12 km olis masofada joylashgan bo`lib, ushbu yonishdan hosil bo`lgan tutunning tuman markazi aholisiga hech qanday ta`siri bo`lmagan.

“Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi huzurida mutasaddi idora vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Poligondagi yong`in tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar