AsosiyJamiyat

Jizzaxda tuman sudi xodimi 2 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

'Jizzaxda tuman sudi xodimi 2 ming dollar pora bilan ushlandi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Do`stlik tuman sudining xodimi esa Sharof Rashidov tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan birga Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning nikohdan ajratish haqidagi da`vosini fuqarolik ishlari bo`yicha sudda ishlaydigan tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qilgan.

U talab qilingan puldan oldindan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi.

    Boshqa yangiliklar