2023 yil 1 martdan boshlab kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo`ljallangan orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar raqamli markirovkalanadi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, 2023-yil 1-martga qadar aylanmaga kiritilgan orfan dori vositalari ulgurji (diller) va chakana savdo (dorixona) korxonalari tomonidan 3 yil davomida raqamli markirovkasiz sotilishi mumkin.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va respublikaga olib kiruvchi korxonalar tomonidan har bir dona orfan dori vositalari DataMatrix-kodi yordamida raqamli markirovkalanadi hamda aylanmaga (sotuvga) kiritiladi.
Mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish uchun korxonalar “Asl belgisi” axborot tizimidan ro`yxatdan o`tishi talab qilinadi.






