AsosiyJamiyat

Toshkentdagi qator avtobus yo`nalishlari o`zgartirildi

'Toshkentdagi qator avtobus yo`nalishlari o`zgartirildi'ning rasmi

2023 yil 28 fevraldan boshlab Toshkentdagi ayrim avtobus yo`nalishlari o`zgartirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati xabar berdi.

xabarga ko`ra, quyida yo`nalishi o`zgartirilgan avtobuslar ro`yxati keltirilgan:

“1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 12- va 68-sonli, “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 112- va 117-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati “Qo`yliq dehqon bozori” so`nggi bekatidan THAY, Bektemir yo`li, 4R21 halqa yo`li orqali “Food city” savdo majmuasi bekatigacha uzaytirildi. Shuningdek, yo`nalishlar 12-sonli “Food city" savdo majmuasi – Boshliq mavzesi”, 68-sonli “Food city" savdo majmuasi – Chorsu  savdo markazi”, 112-sonli “Olchazor mahallasi – "Food city" savdo majmuasi” va 117-sonli “Do`stlik 2-mavzesi – Food city savdo majmuasi” avtobus yo`nalishlari deb nomlandi;

“1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 93-sonli yo`nalish harakati Farg`ona yo`li ko`chasidan THAY, Bektemir yo`li, 4R21 halqa yo`li orqali “Food city” savdo majmuasi bekatigacha uzaytirilib, 93-sonli “Food city" savdo majmuasi – Yunusobod 9-dahasi” avtobus yo`nalishi deb nomlandi;

“12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 133-sonli yo`nalish harakati Gulzor mahallasi so`nggi bekatidan 4R21 halqa yo`li orqali “Food city” savdo majmuasi bekatigacha uzaytirilib, “Food city" savdo majmuasi – "Qipchoq metrosi” avtobus yo`nalishi deb nomlandi;

“1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 54-sonli yo`nalish harakati B.Nozim ko`chasidan Bektemir yo`li, Farg`ona yo`li, Munis ko`chalari orqali “Qo`yliq 1-mavzesi” so`nggi bekatigacha, keyingi harakati “Qo`yliq 1-mavzesi” so`nggi bekatidan THAY, “Qo`yliq dehqon bozori” bekati, Bektemir yo`li, B.Nozim ko`chalari orqali uzaytirilib, “Qo`yliq 1-mavzesi – Do`stlik metrosi” yo`nalishi deb nomlandi;

“5-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 183-sonli yo`nalish harakati Bektemir yo`li, Farg`ona yo`li, Munis ko`chalari orqali “Qo`yliq 1-mavzesi” so`nggi bekatigacha ikki tomonlama uzaytirilib, “Qo`yliq 1-mavzesi – Binokor qo`rg`oni” yo`nalishi deb nomlandi;

“2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 49-sonli yo`nalish harakati Aviasozlar ko`chasidan Zumrad, Shoximardon, Katta Yangiobod, Shoxsanam ko`chalari orqali “Yangiobod mavzesi” so`nggi bekatigacha ikki tomonlama uzaytirilib, “TTZ AShB – Yangiobod mavzesi” yo`nalishi deb nomlandi;

“5-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 151-sonli yo`nalish harakati Milliy bog` ko`chasi orqali “Chingeldi mahallasi”gacha ikki tomonlama uzaytirilib, “Chingeldi mahallasi – Buyuk ipak yo`li metrosi” yo`nalishi deb nomlandi;

“1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 119-sonli yo`nalishning so`nggi bekati “Qo`yliq 1-mavzesi” bekatida belgilanib, “Qo`yliq 1-mavzesi – Yunusobod dehqon bozori” yo`nalishi deb nomlandi;

“4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 32-sonli “Sergeli 6-a mavzesi – Gulobod ko`chasi” avtobus yo`nalishining oraliq harakati Furqat-A.Navoiy ko`chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali o`zgartirildi;

“7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 56-sonli “Chorsu savdo markazi – Tariqteshar mahallasi” yo`nalishining oraliq harakati I.Karimov-Furqat ko`chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali o`zgartirildi;

“4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 84-sonli “Obod turmush – Gulobod ko`chasi” yo`nalishining oraliq harakati Novza-Bunyodkor va Furqat-A.Navoiy ko`chalari kesishmalarida tashkil etilgan yangi chorrahalar orqali o`zgartirildi;

“12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 112-sonli “Olchazor mahallasi - Food city savdo majmuasi” avtobus yo`nalishining oraliq harakati Qipchoq ko`chasidan M.Tursunzoda, Shokirariq ko`chalari orqali o`zgartirildi;

So`nggi bekatlari “Food city" savdo majmuasi” AShBda joylashtirilgan 39, 45, 110, 122, 130-sonli yo`nalishlarning oraliq harakati 4R21 va Bektemir yo`li ko`chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali o`zgartirildi;

“5-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 101-sonli “Darxon mahallasi – Buyuk ipak yo`li metrosi” yo`nalishining ish kunlaridagi ish boshlash vaqti soat 5:30 dan etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar