Ijtimoiy tarmoqda “Jizzax shahridagi 11- maktabda 3 nafar o`quvchini sinfdosh qizning otasi ayovsiz do`pposladi”, izohi bilan videotasvirlar tarqaldi.
Viloyati IIB axborot xizmati ma`lum qilishicha, Jizzax shahridagi 11-sonli o`rta umumta`lim maktabida ro`y bergan va jabrlangan o`quvchining onasi holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shu asosida o`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi o`quvchiga sog`ligining buzilishiga olib kelgan tan jarohati etkazilganligini tasdiqlagan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.M ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109- moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






