AsosiyJinoyat

Samarqandda 10 ming dollarga “zahri qotil” sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Samarqandda 10 ming dollarga “zahri qotil” sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand chegara qo`shinlari hamda IIB xodimlari hamkorligida narkotik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo`nalishida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida "narkobiznesmen"lar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

1990 yilda tug`ilgan Urgut tumanida yashovchi fuqaro A.J. mahalliy fuqaroga 765,89 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 10 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida tezkor guruh tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaro A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar