Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta`lim sho`basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta`lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag`dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.
️Muzokaralar natijasiga ko`ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta`mirtalab maktablarda ta`mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag` ajratilishiga kelishib olindi.
Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo`shimcha mablag` ajratilishi ko`zda tutilgan.
Ma`lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o`quvchi o`rniga ega bo`lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o`quvchi tahsil olmoqda.
Hozirda ta`mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.






