Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohangaronda bola o`g`rilari ushlandimi?" sarlavhasi bilan videoxabar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan o`rganildi, deya xabar bermoqda IIBB axborot yuizmati.
Qayd etilishicha, internetda tarqatilgan ushbu xabar, mazmunan haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
Aniqlanishicha, 20 fevral kuni 3 nafar ayol hasharotlarga qarshi dori vositalarini sotish maqsadida Ohangaron shahriga borgan.
Jarayonda ularning xatti-harakatidan mahalliy aholi shubhalanib (ayollar bola o`g`irlashmoqchi izohi bilan videoga olib), hududiy IIBga xabar berganlar.
IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan surishtiruv davomida ayollarning shaxsiga aniqlik kiritilib (1985 y.t. D.Sh. va M.K. hamda D.Q., Toshkent shahrida yashovchilar), faoliyatini o`rganish uchun soliq organi jalb qilingan.






