AsosiyJamiyat

O`zbekistonda zilzila sodir bo`ldi

'O`zbekistonda zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Tojikistonda 23 fevral Toshkent vaqti bilan 05:37 da kuzatilgan zilzila kuchi O`zbekiston hududida ham sezilgani haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma`lum qildi.

Tojikistondagi zilzila magnitudasi 5,8 ball bo`lgan. Episentr markazi Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda qayd qilingan. O`zbekiston hududida zilzila kuchi:

  • Farg`ona viloyatida 4 ball;
  • Andijon viloyatida 4 ball;
  • Namangan viloyatida 4 ball;
  • Sirdaryo viloyatida 3-4 ball;
  • Toshkent shahrida 3-4 ball;
  • Jizzax viloyatida 3-4 ball;
  • Surxandaryo viloyatida 3 ball;
  • Samarqand viloyatida 3 ball;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball;
  • Navoiy viloyatida 3 ball;
  • Buxoro viloyatida 3 ball.

Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 5:55 da, 06:06 da hamda 06:35 da magnitudasi 4,7,  4,2 va 4,5 balli er silkinishlari qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar