AsosiyJamiyat

Toshkentda noma`lum shaxs bolani maktab hududidan sudrab olib ketmoqchi bo`ldi (video)

'Toshkentda noma`lum shaxs bolani maktab hududidan sudrab olib ketmoqchi bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum erkak kishi yosh bolani qo`lidan ushlab tortgani va bola undan qochib ketgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lgan edi. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma`lumot berdi. Ma`lumot bo`lishicha,  voqea Toshkent shahar Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli maktab oldida sodir bo`lganini ochiqlagandi. 

Bugun, 21 fevral kuni ushbu harakatni sodir etgan erkakka nisbatan sud qarori o`qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

1994 yilda tug`ilgan ayblanuvchining aytishicha, u bolani yiqilib ketishdan asramoqchi bo`lgan.

“Shoshilib ketayotgan ekan. To`xta, shoshma, yiqilib tushasan, degan ma`noda to`xtatdim. Yaxshi bola ekan. Salom ham berdi. Qaerga ketyapsan desam, qiz o`rtog`imnikiga dedi. Kulgim qistab, qolgan savolni berishga ulgurmasimdan, buyoqdan ayol kishining bolani qo`yvor degan ovozi keldi. Keyin mayli onasining nazoratida ekan deb, qo`yvordim”, degan u.

Sud hukmiga ko`ra, erkak mayda bezorilik qilgan deb topildi. Ushbu harakatlari sabab MJtKning 183-moddasi bilan erkakka 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar