Biroz avval "Qarshi city"da fuqaro yuqori qavatdan tushib ketib vafot etgani haqda xabar bergan edik.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 21 fevral kuni soat 12-10 larda Qarshi shahrida yashagan 22 yoshli yigit ("Alfraganus University" sirtdan ta`lim olib kelgan) ota-onasi bilan yashab kelgan uydan sababsiz chiqib, Navo M.F.Y.da joylashgan ko`p qavatli uyning yuqori qavatidan o`zini tashlab yuborib, o`z joniga qasd qilgan.
"Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o`tkazilgan. Tekshirish davomida 2019 yilda marhum yigitning ruxiyatida o`zgarish bo`lganligi sababli klinikada davollanganligi, shu davrda ham o`z joniga qasd qilishga urunganligi aniqlandi" deyiladi xabarda.
Tekshirish davom etmoqda.






