Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshi city"da fuqaro yuqori qavatdan tushib ketib vafot etganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bosh prokuratura, hozirda Qarshi shahar prokurori boshchiligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko`zdan kechirilib, marhum fuqaroni shaxsiga va sodir etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganligini ma`lum qildi.
"Natijalari haqida qo`shimcha ravishda xabar qilinadi", - deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.






