Chimkentda qurollangan shaxs qurol do`koniga hujum qildi. Bir kishi jarohat oldi, deya xabar beradi Kazinform.
«Bugun soat 14:40 atrofida Ilyaev-Riskulbekov ko`chalari chorrahasida joylashgan qurol do`konida signal tugmasi ishga tushirildi.
Voqea joyiga zudlik bilan xavfsizlik agentligi xodimlari etib kelgan. Qo`riqchilar va noma`lum qurollangan shaxs o`rtasida otishma sodir bo`lgan.
Qorovullardan biri yaralangan.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, qurollangan shaxs Turon tumani IIB kriminal polisiyasi patrul polisiyasi xodimlari va tezkor xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
Ma`lum qilinishicha, gumon qilinuvchi O`zbekiston fuqarosi. Chimkentda ijaraga olingan kvartirada yashaydi.
«Undan ov miltig`i va o`g`irlangan Sayga karabini olib qo`yildi. Hozir voqea joyida tezkor tergov guruhi ishlamoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
21.02.2023 09:38
Chimkentda O`zbekiston fuqarosi qurol do`koniga hujum qildi






