AsosiyDunyo

Shvesiyaning harbiy alyansga kirishiga Turkiya tomonidan to`siq qo`yilsa, Finlyandiya uni kutmasdan NATOga qo`shiladi

'Shvesiyaning harbiy alyansga kirishiga Turkiya tomonidan to`siq qo`yilsa, Finlyandiya uni kutmasdan NATOga qo`shiladi'ning rasmi

Shvesiyaning harbiy alyansga kirishiga Turkiya tomonidan to`siq qo`yilsa, Finlyandiya uni kutmasdan NATOga qo`shiladi. Bu haqda "Zamon.uz" Finlyandiya Mudofaa vaziri Mikko Savola ma`lum qildi.

Uning qo`shimcha qilishicha, Xelsinki Stokgolm bilan bir vaqtda ittifoqqa qo`shilishni afzal ko`radi.

“Shvesiya bizning eng yaqin hamkorimiz. Deyarli har hafta mudofaa kuchlarimiz birgalikda mashg`ulotlar o`tkazadi. Bu juda chuqur hamkorlik va biz bir-birimizga to`liq ishonamiz. Lekin hozir hammasi Turkiyaning qo`lida”, — dedi vazir.

Bir kun avval Finlyandiya Prezidenti Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida mamlakat NATOga a`zo bo`lish haqidagi arizasini qaytarib olishni istamasligini aytgandi.

Vengriya va Turkiya Shvesiya bilan Finlyandiyaning NATOga qo`shilishini ratifikasiya qilmagan. Budapesht bu masalani tez orada hal qilishga va`da beradi, Anqara esa ratifikasiyani ikkala Skandinaviya davlati bajarishi kerak bo`lgan bir qator shartlar bilan bog`laydi.

    Boshqa yangiliklar