"Novza" metro stansiyasining piyodalar o`tish yo`llarida savdo maydonchalari tiklanadi.
Toshkent metropoliteni matbuot xizmati rahbari To`ychi Mirzaevning ma`lum qilishicha, Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qaytariladi. Bu kabi savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida «Novza» metro stansiyasining piyodalar o`tish yo`llarida tashkil etiladi. Erosti va erusti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko`rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Ma`lumot uchun: o`tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to`qqizta yangi to`rt vagonli metro poezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to`rt vagondan iborat metro poezdlari kapital ta`mirlangan.






